Erkin Roʻziyev (siyosatchi)
Erkin Roʻziyev | |
---|---|
Toshkent viloyati hokimi | |
Mansab davri 1995-yil – 1998-yilgacha | |
Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Mirzamurod Ikromov |
Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
Samarqand viloyati hokimi | |
Mansab davri 1998-yil – 2001-yilgacha | |
Oʻtmishdoshi | Alisher Mardiyev |
Vorisi | Shavkat Mirziyoyev |
Erkin Maxmudovich Roʻziyev (tugʻ.1947-yil, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2020-yil 22-avgust) — oʻzbek muhandisi va davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (1995-yil 9-yanvar — 1998-yil 9-noyabr), Samarqand viloyati hokimi (1992-yil 9-noyabr — 2001-yil 11-sentyabr), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I chaqiriq deputati (1998-2000-yillar fevral).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Erkin Roʻziyev 1947-yil Toshkent viloyatida tugiʼlgan. Roʻziyev Toshkent Oliy partiya maktabini va Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Martaba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mehnat faoliyatini 1964-yilda avtobazada tokarlikdan boshlagan. Soʻngra “Bekobodgaz” trestida chilangar, marten sexida ishchi, poʻlat erituvchi yordamchisi va Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida muhandis boʻlib ishlagan. Besh yil davomida u partiya ishiga rahbarlik qildi[1].
1990-yilda xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi, soʻng Toshkent viloyati ijroiya qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 1991-1992-yillarda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi birinchi kotibi , soʻngra Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat nazorati qoʻmitasining Toshkent viloyati boʻyicha boʻlimi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1992-yil oktyabr oyida Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi. 1993-yil 9-dekabrda esa Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi[2].
1995-yil 9-yanvarda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi[3]. 1998-yil 9-noyabrdan 2001-yil 11-sentyabrgacha Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
1998-yil fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1-chaqiriq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati etib saylangan[4].
Erkin Roʻziyev 2020-yil 22-avgustda vafot etdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Выпуск № 143 (9957) | Ташкентская правда“. press.natlib.uz. 2021-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ Хоким Ташкентской области. Ташкентская правда (11 января 1995).
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан «О назначении Э. М. Рузива хокимом Ташкентской области» // Народное слово : газета. — 1995. — 10 января (вып. 1017, № 7). — С. 2.
- ↑ „РУЗИЕВ Эркин Махмудович | ЦентрАзия“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 19-aprel.